Prezident farmoni bilan bir guruh shaxmatchilar mukofotlandi
Samarqand shahrida ilk bor oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar va ularning murabbiylari turli davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Samarqand shahrida ilk bor oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar mukofotlandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni eʼlon qilindi.
“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan
Madaminov Muxiddin Baxodirjon oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan
Abdusattorov Nodirbek Fazliddin oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
Voxidov Shamsiddin Pulat oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
Yakubboyev Nodirbek Murodbek oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
Kasimjanov Rustam Mashrukovich - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
Shermuhammadov Samandar Nurulla oʻgʻli - Parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Sindarov Komil Oydinovich - Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi oʻrinbosari
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
“Doʻstlik” ordeni bilan
Moʻminova Nafisa Alisherovna - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
Sattarov Bobir Muxamadi oʻgʻli - Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi
Talipov Rashid Azatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport yoʻnalishi boʻyicha masʼul xodimi
“Mardlik” ordeni bilan
Vaxidov Jaxongir Tairovich - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Kakishova Selbi Saparbay qizi - Parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Kimsanboyev Axadxon Azizxon oʻgʻli - Parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Mamarajabov Sardorbek Zohidjon oʻgʻli - Parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Shayusupov Marsel Vyacheslavovich - Parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Abdisalimov Abdimalik Boxodir oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
Azizov Komiljon Ikromovich - Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi boʻyicha mutaxassisi
Begmuratov Humoyun Xusniddinovich - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
Mardonov Javlon Oʻtkir oʻgʻli - Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi boʻyicha mutaxassisi
Nigʻmatov Ortiq Ravshan oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
Suyarov Muxammadzoxid Shaxriyor oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Djumayev Baxtiyor Melikulovich - Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining musobaqalarni tashkil etish boʻyicha mutaxassisi, sharhlovchi
Imomqoʻziyeva Nilufarxon Nodirbek qizi - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi aʼzosi
Karimova Guldona Abubakir qizi - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi aʼzosi
Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi aʼzosi
Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi aʼzosi
Xamdamova Afroʻza Akbarovna - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi aʼzosi.




