platina.uz
Siyosat

Oʻzbekistonda 2031 yilda BMTning yirik kongressi boʻlib oʻtadi

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasidan soʻng Abu-Dabida Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov boʻyicha 15-kongressda qatnashdi. 

Oʻzbekistonda 2031 yilda BMTning yirik kongressi boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston 2031 yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasidan soʻng Abu-Dabida Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov boʻyicha 15-kongressda ishtirok etdi.

Kongressda transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya, ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, bolalarni himoya qilish va qonun ustuvorligini mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Saida Mirziyoyeva kongress doirasida BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan ham uchrashdi.

Oʻzbekistonda 2031 yilda BMTning yirik kongressi boʻlib oʻtadi

Eng muhim yangilik — Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov boʻyicha navbatdagi BMT kongressini 2031 yilda Oʻzbekistonda oʻtkazish tashabbusi ishtirokchi davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Bu tashabbus kongressning yakuniy deklaratsiyasida ham oʻz aksini topdi.

“Bu — bizning ochiqligimizga, muloqotga doim tayyorligimizga hamda umumiy maqsadlar yoʻlida saʼy-harakatlarni birlashtira olishimizga bildirilgan ishonchdir”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Oʻzbekistonda 2031 yilda BMTning yirik kongressi boʻlib oʻtadi


Besh yildan soʻng Oʻzbekiston jinoyatchilikka qarshi kurashish, odil sudlov va qonun ustuvorligi masalalari muhokama qilinadigan BMTning nufuzli global maydoniga mezbonlik qiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid