platina.uz
Jamiyat

Ohangarondagi bogʻchada hasharotlarga qarshi dorini ichib qoʻygan bola vafot etdi

Holat 2026 yil 28 avgust kuni yuz bergani aniqlandi. Tarbiyalanuvchi oshxonada hasharotlarga qarshi ishlatiladigan BSM vositasini ichib qoʻygan. Bola zudlik bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Afsuski, uning hayotini saqlab qolishning imkoni boʻlmagan.

Ohangarondagi bogʻchada hasharotlarga qarshi dorini ichib qoʻygan bola vafot etdi

Ohangaronda bogʻchada hasharotlarga qarshi dori ichib qoʻygan 3 yoshli bola vafot etdi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hodisani tasdiqladi.

Hodisa Ohangaron shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida roʻy bergan.

​Oʻrganishlar natijasida holat 2026 yil 28 avgust kuni yuz bergani aniqlandi. 2023 yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchi oshxonada hasharotlarga qarshi ishlatiladigan BSM vositasini ichib qoʻygan. Bola zudlik bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Afsuski, uning hayotini saqlab qolishning imkoni boʻlmagan.

​Mavjud maʼlumotlarga koʻra, bolaning buvisi mazkur tashkilot oshxonasida autsorsing tashkiloti xodimi — oshpaz sifatida ishlagan. Hodisa tarbiyalanuvchi buvisining yoniga, oshxonaga kirgan vaqtda sodir boʻlganligi aytilgan.

Biroq bu holat yuzasidan yakuniy xulosa faqat vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilayotgan tergov va surishtiruv natijalariga koʻra beriladi.

​Tegishli tashkilotlar tomonidan bolaning oshxonaga qanday kirgani, xavfli vosita uning qoʻli yetadigan joyda nima sababdan turgani va uni saqlash uchun kim masʼul boʻlgani har tomonlama oʻrganilmoqda.

"Bola hayotiga zomin boʻlgan hodisaning biror jihati eʼtibordan chetda qolmaydi. Tergov ishlari davom etmoqda, aybdorligi aniqlangan shaxslarga nisbatan qonun doirasida chora koʻriladi", deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid