platina.uz
Jamiyat

Milliy taomlarni targʻib qilishga qaratilgan "Plov Festivali" boshlandi

28 sentabrdan 18 oktabrgacha davom etadigan festival doirasida Oʻzbekistonning turli hududlariga xos yetti xil palov bir dasturga jamlangan. Festivalning asosiy maqsadi milliy taomlarimizni keng targʻib qilish, hududiy gastronomik anʼanalarni ommalashtirish va gastronomik turizmga qiziqishni oshirish sanaladi.

Milliy taomlarni targʻib qilishga qaratilgan "Plov Festivali" boshlandi

Oʻzbekistonda milliy taomlarimizni targʻib qilishga qaratilgan "Plov Festivali" boshlandi. Festival "Novikov Group & Family Garden" xalqaro tarmogʻiga qarashli "Lali" restoranlarida oʻtkazilmoqda.

28 sentabrdan 18 oktabrgacha davom etadigan festival doirasida Oʻzbekistonning turli hududlariga xos yetti xil palov bir dasturga jamlangan.

Toshkent, Fargʻona vodiysi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Navoiyga xos palovlar mehmonlarga taqdim etilmoqda.

Milliy taomlarni targʻib qilishga qaratilgan "Plov Festivali" boshlandi

Har bir taom oʻz hududining anʼanaviy tayyorlash usuli va mahsulotlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Buxoroning qazi va goʻsht solingan "Osh sofi", Qashqadaryoning toʻy palovi, Samarqandning behili uy palovi hamda Navoiy viloyatining anor qoʻshilgan Uchquduq palovi festival menyusidan joy olgan.

Toshkent va Olmaotadagi "Lali" restoranlarida esa menyu hududiy xususiyatlardan kelib chiqib biroz farq qiladi. Bu yerda Buxoroning "Kobuli" va Andijonning qoʻy goʻshtidan tayyorlanadigan palovi ham taqdim etilmoqda.

Milliy taomlarni targʻib qilishga qaratilgan "Plov Festivali" boshlandi

Tashkilotchilarga koʻra, festivalning asosiy maqsadi milliy taomlarimizni keng targʻib qilish, hududiy gastronomik anʼanalarni ommalashtirish va gastronomik turizmga qiziqishni oshirish.

Milliy taomlarni targʻib qilishga qaratilgan "Plov Festivali" boshlandi

Maʼlumot uchun, "Plov Festivali" "Lali" restoranlarida ikkinchi bor oʻtkazilmoqda. Ilk festival gastronomiya orqali milliy madaniyatni targʻib qilgani uchun "Eʼtirof" mukofotiga sazovor boʻlgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid