Li 9 va BYD toʻqnashuvi: sud yakuniy qarorni eʼlon qildi
2025 yil 30 sentabr kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida BYD va Lixiang L9 avtomobillari ishtirokida YTH sodir boʻlgan edi. Katta tezlikda kelgan Li 9 oʻz yoʻnalishini oʻzgartirgan BYD’ga tegib oʻtib, agʻdarilib ketgan. Birinchi instansiya cudi BYD haydovchisi zimmasiga 798 mln soʻm moddiy zararni yuklagandi.

Shov-shuvli sud jarayonlari bilan yodda qolgan Li 9 va BYD toʻqnashuvi boʻyicha yakuni hukm eʼlon qilindi.
2025 yil 30 sentabr kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida BYD va Lixiang L9 avtomobillari ishtirokida YTH sodir boʻlgan edi. Katta tezlikda kelgan Li 9 oʻz yoʻnalishini oʻzgartirgan BYD’ga tegib oʻtib, agʻdarilib ketgan.
Bu toʻqnashuv odil sudlov tizimida katta bahslarga sabab boʻldi. Birinchi instansiya sudi BYD haydovchisi zimmasiga 798 mln soʻm moddiy zararni yuklagan edi.
Apellyatsiya sudi ushbu qarorni bekor qilib, ishni qayta surishtiruvga qaytardi.
Yakuniy qarorga koʻra, JIB Mirzo Ulugʻbek tuman sudida mazkur ish qayta koʻrib chiqildi. Yangi qarorga koʻra, Li 9 haydovchisi MJtKning 3 ta moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi.
Sudning qaroriga koʻra, Li 9 haydovchisi 26 yoshli F.J. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning quyidagi moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan:
128-3-moddasi 4-qismi – transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi;
133-moddasi – transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;
135-1-moddasi 1-qismi – transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablarini buzish.
Unga uzil-kesil 6 mln 180 ming soʻm jarima jazosi belgilangan. Huquqbuzar tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanganligi eʼtirof etilgan.




