Jizzaxda YHXB inspektori ishtirokidagi YTHda bir kishi halok boʻldi
Inspektor mashinani mast holda boshqargani aytilmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlandi.

Zomin tumanida YHXB inspektori ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi.
YTH 26 sentabrdan 27 sentabrga oʻtar kechasi tumanning Yoshlik mahallasi hududida sodir boʻlgan. 34 yoshli D.A. Lacetti mashinasini boshqarib ketayotib, oʻzidan oldinda chapga burilishni amalga oshirayotgan yuk mashinasi ortiga borib toʻxtagan. Shunda bir yoʻnalishda kelayotgan, Jizzax viloyati YHXB inspektori 27 yoshli J.A. boshqaruvida boʻlgan ikkinchi Lacetti ortdan kelib urilgan.
Oqibatda oldindagi Lacetti yuk mashinasi bilan toʻqnashgan. Unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan 35 yoshli F.R. ogʻir tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Erkak koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etgan.
Inspektor mashinani mast holda boshqargani aytilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.




