platina.uz
Siyosat

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Ushbu masalaga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Loyiha 29 sentabr kuni oʻtkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasi koʻpdan buyon deputatlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

27 sentabr "Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yigʻilishida qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida tegishli qaror qabul qilindi hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasiga masʼul etib belgilandi.

"Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilgan.

Qonun loyihasi 29 sentabr kuni oʻtkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid