platina.uz
Sport

Oʻzbekiston Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida chempionlikni qoʻlga kiritdi

​Oʻzbekiston terma jamoasi chempionlikni Ukraina bilan uchrashuv yakunlanishidan oldin matematik jihatdan kafolatladi. Bunga Hindistonning soʻnggi turda Vengriya bilan 2:2 hisobida durang oʻynagani sabab boʻldi. 

Oʻzbekiston Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida chempionlikni qoʻlga kiritdi

Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

​Oʻzbekiston terma jamoasi chempionlikni Ukraina bilan uchrashuv yakunlanishidan oldin matematik jihatdan kafolatladi. Bunga Hindistonning soʻnggi turda Vengriya bilan 2:2 hisobida durang oʻynagani sabab boʻldi. Oʻzbekiston 10 turdan keyin 18 ochko bilan Hindistondan bir ochko oldinda edi.

​Oʻzbekiston musobaqaning dastlabki yetti turining barchasida gʻalaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston 2,5:1,5, Xitoy esa 3:1 hisobida magʻlub etildi. 8-turda Germaniya Oʻzbekistonning gʻalabali seriyasiga barham berdi. Shundan soʻng terma jamoa 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi AQShni magʻlub etdi. 10-turda esa Armaniston 3,5:0,5 hisobida taslim etildi.

​Ukrainaga qarshi soʻnggi turdagi bahs esa chempionlik masalasini uzil-kesil hal qildi.

​Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidan Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov joy oldi. Jamoaga sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov sardorlik qildi.

Shu tariqa Oʻzbekiston tarixida ikkinchi bor shaxmat olimpiadasida chempionlikka erishdi. ​Jamoa 2022 yilda Chennai shahrida oʻtkazilgan shaxmat olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid