Oʻzbekiston Osiyo oʻyinlarida 10-oltin medalni qoʻlga kiritdi
Ayni paytda Oʻzbekiston hisobida 10 ta oltin, 17 ta kumush va 10 ta bronza — jami 37 ta medal mavjud boʻlib, umumjamoa hisobida 4-oʻrinda bormoqda.

Oʻzbekiston Osiyo oʻyinlarida hozirgacha 10 tta oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ibodatxon Agojonova delegatsiyamizga oltin medal keltirdi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Agojonova finalda Xitoy Taypeyi vakilini magʻlub etib, musobaqa chempionligiga erishdi.
Erkaklar oʻrtasida +90 kg vazn toifasida bahs olib borgan Shohruhxon Baxtiyorov finalda tojikistonlik Shakarmamad Mirmamadovdan ustun keldi va delegatsiyamizning 10-oltin medaliga mualliflik qildi.
Osiyo oʻyinlarining 7-kunida esa Oʻzbekiston delegatsiyasi 3 ta medalni qoʻlga kiritdi.
Unda jamoa aʼzolari 1 ta oltin va 2 ta kumush medalga ega chiqqan.
Shahriyor Mahkamov baydarkada eshkak eshishda oltin medalni rasmiylashtirgan.
Arina Tanatmisheva baydarkada, Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova juftligi esa kanoeda kumush medallarni qoʻlga kiritgan.

Ayni paytda Oʻzbekiston hisobida 10 ta oltin, 17 ta kumush va 10 ta bronza — jami 37 ta medal mavjud.




