platina.uz
Jamiyat

“Namangandagi voqeani eshitib, gʻazabim ichimga sigʻmay qoldi” – Saida Mirziyoyeva

​Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda yuz bergan fojiaga munosabat bildirdi. 

“Namangandagi voqeani eshitib, gʻazabim ichimga sigʻmay qoldi” – Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Namangandagi voqea yuzasidan munosabat bildirdi.

​Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda yuz bergan fojiaga munosabat bildirib, jinoyatga aloqador barcha shaxslar qonun doirasida javobgarlikka tortilishi zarurligini taʼkidladi.

"Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Boʻlgan voqeani eshitib, gʻazabim ichimga sigʻmay ketdi.

​Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun aslida oʻlim jazosini qoʻllash kerak. Lekin, ming afsuski, amaldagi qonunchilikda oliy jazo koʻzda tutilmagan.

​Tegishli idoralarga barcha zarur koʻrsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng ogʻir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yoʻl ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha masʼullar ham jazolanadi.

Shu bilan birga, bu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha taklif tayyorlayapmiz".

Avvalroq Bosh prokuratura Namangandagi zoʻravonlik hodisasidan soʻng bir kishi qamoqqa olinganini bildirgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid