platina.uz
Jamiyat

Namangandagi fojia oqibatida jabrlangan qizchaning oilasi koʻchiriladi

​Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda sodir boʻlgan mashʼum voqea yuzasidan bayonot berdi. Oila boshqa shaharga koʻchib oʻtishini, uy-joy va zarur reabilitatsiya bilan taʼminlanishi maʼlum qilindi. 

Namangandagi fojia oqibatida jabrlangan qizchaning oilasi koʻchiriladi

Namangandagi fojia oqibatida jabrlangan qizchaning oilasi koʻchirilishi maʼlum qilindi.

​Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda sodir boʻlgan mashʼum voqea yuzasidan bayonot berdi.

Mirziyoyeva agentlik va Prezident Administratsiyasi vaziyatni alohida nazoratga olganini taʼkidlagan.

​Shahnoza Mirziyoyeva oila boshqa shaharga koʻchib oʻtishini, uy-joy va zarur reabilitatsiya bilan taʼminlanishini aytdi. Ularga toʻliq ijtimoiy yordam koʻrsatilishi, xususan, qizaloqning onasi oʻqish va ishga joylashishiga yordam berilishi ham maʼlum qilindi.

​Shuningdek, zarur boʻlsa, familiyasini oʻzgartirishga ham koʻmaklashiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid