Sherzod Asadov “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilishi marosimida ishtirok etdi
Tadbirda oʻquv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Prezident matbuot kotibi jurnalistlar, media mutaxassislari va iqtidorli yoshlarni oʻquv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabrikladi.

“Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Soniyning doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan izchil saʼy-harakatlari tufayli mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanmoqda.
‘Al Jazeera’ media instituti va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu haftalik oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosiga qaratilgan loyihalardan biri boʻldi”, deyiladi xabarda.

Tadbirda oʻquv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.




