platina.uz
Sport

Shaxmat olimpiadasi: Oʻzbekiston Armanistonni magʻlub etdi

​Ushbu gʻalabadan soʻng terma jamoamiz 18 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. Soʻnggi turdagi raqib barcha uchrashuvlar yakunlanganidan keyin maʼlum boʻladi.

Shaxmat olimpiadasi: Oʻzbekiston Armanistonni magʻlub etdi

Samarqand shahrida davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida 10-tur uchrashuvlari doirasida Oʻzbekiston asosiy terma jamoasi Armanistonni 3,5:0,5 hisobida magʻlub etdi.

​Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Muhiddin Madaminov oʻz partiyalarida gʻalaba qozongan boʻlsa, Nodirbek Yoqubboyev esa oʻz doskasida durang natija qayd etdi.

​Nodirbek Abdusattorov 1:0 Gaik Martirosyan

Javohir Sindorov 1:0 Robert Oganesyan

Nodirbek Yoqubboyev 0,5:0,5 Shant Sargisyan

Muhiddin Madaminov 1:0 Gabriel Sargisyan

​Ushbu gʻalabadan soʻng, Oʻzbekiston-1 terma jamoasi 18 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. Soʻnggi turdagi raqib barcha uchrashuvlar yakunlanganidan keyin maʼlum boʻladi.

Oʻtgan turda AQSh magʻlub etilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid