platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda oktabrdan tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylik boshlanadi

Shu davrda yashil hududlarni belgilash, yerlarni tayyorlash, koʻchat va butalar zaxirasini yaratish ishlari amalga oshiriladi. Har bir mahallada har bir odam uchun uchta daraxt, 30 foiz daraxt soyasi va 300 metr atrofda yashil hudud boʻlishini nazarda tutuvchi xalqaro standart joriy etiladi. 

Oʻzbekistonda oktabrdan tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylik boshlanadi

Oʻzbekistonda 1 oktabrdan "Tozalik va ozodalik" ikki oyligi boshlanadi.

Prezidentning 23 sentabrdagi PF–206-son farmoniga muvofiq, 1 oktabrdan respublikada "Tozalik va ozodalik" dolzarb ikki oyligi oʻtkaziladi.

Shu davrda yashil hududlarni belgilash, yerlarni tayyorlash, koʻchat va butalar zaxirasini yaratish ishlari amalga oshiriladi.

Koʻchat ekish mavsumi hududlarga qarab 1 noyabrdan 20 noyabrgacha bosqichma-bosqich boshlanadi.

2027 yil 1 yanvardan "Yashil mahalla" loyihasi doirasida "Mahallani yashillashtirish" paketi joriy etiladi. Farmonda har bir mahallada har bir odam uchun uchta daraxt, 30 foiz daraxt soyasi va 300 metr atrofda yashil hudud boʻlishini nazarda tutuvchi "3–30–300" xalqaro standartini joriy etish maqsadi belgilangan.

Shuningdek, mahallalarga Oʻrmon agentligi tomonidan oʻrmonchi-murabbiylar biriktiriladi. Ular "mahalla yettiligi" aʼzolarini koʻchat ekish mavsumi oldidan qisqa oʻquv kurslarida oʻqitadi.

2030 yilga qadar yashil bogʻlar va yashil jamoat parklari soni 1 023 taga yetkaziladi. Jumladan, 2026 yil kuz mavsumida 257 ta shunday bogʻ va park yaratish koʻzda tutilgan. Shuningdek, 2030 yilgacha har bir tuman va shaharda umumiy uzunligi kamida 10 kilometr boʻlgan kamida beshta soyali sayr koʻchasi tashkil etiladi.

2027 yil 1 yanvardan "Yashil lot" tizimi ham joriy qilinadi. Uning doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida, nom berish orqali yashil bogʻ barpo etish uchun yer uchastkalari ajratilishi mumkin.

Bu yerlar xususiy mulkka oʻtkazilmaydi. Ularda qurilish qilish, konstruksiyalar oʻrnatish va boshqa faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlanadi. Aholining bogʻlardan umumiy foydalanishi cheklanmaydi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid