platina.uz
Jamiyat

Namangandagi zoʻravonlikka daxldor deya gumon qilingan xodimlar ishdan boʻshatildi

Bu kabi salbiy holatlar boshqa bogʻchalarda ham takrorlanmasligi uchun maxsus ishchi guruh aʼzolari tomonida barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda. 

Namangandagi zoʻravonlikka daxldor deya gumon qilingan xodimlar ishdan boʻshatildi
Illyustrativ foto

Namanganda bogʻchadagi pedofillik voqeasiga daxldor deb gumon qilingan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Uchqoʻrgʻon tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida yuz bergan koʻngilsiz holatni atroflicha oʻrganish, masʼullarning xizmat vazifasiga loyiqligini koʻrib chiqish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Ishchi guruh tuzilgan.

Voqeaga aloqador hamda oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan tizimdagi barcha xodimlar va mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli tashkilotlar vakolati doirasida zarur choralar koʻrilishi, aybdorlar jazolanishi taʼminlanadi.

Taʼlim tashkilotining voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, bu kabi salbiy holatlar boshqa bogʻchalarda ham takrorlanmasligi uchun vazirlikning maxsus Ishchi guruh aʼzolari tomonidan hozirda barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda va barcha zarur choralar koʻrilmoqda.

Avvalroq Bolalar ombdusmani mazkur ish boʻyicha tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni soʻragandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid