Miroboddagi YTHda mototsikl haydovchisi halok boʻldi
U dastlab GAZ 5312, soʻngra "KIA K5" avtotransport vositasi bilan toʻqnashib, jonlantirish boʻlimida vafot etgan.

Miroboddagi YTHda mototsikl haydovchisi halok boʻldi.
Joriy yilning 25 sentabr kuni Mirobod tumani KXAY koʻchasi 83-maktab qarshisida haydovchi 2005 yilda tugʻilgan J.Sh. mototransport vositasini boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlay olmasdan, oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan 1994 yilda tugʻilgan haydovchi T.L. boshqaruvidagi GAZ 5312 bilan toʻqnashib ketgan.
Toʻqnashuv natijasida boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan 2001 yilda tugʻilgan Sh.S. boshqaruvidagi "KIA K5" avtotransport vositasi bilan toʻqnashib, YTH sodir etgan.
YTH natijasida mototransport vositasi haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilishiga qaramasdan, shifoxonaning jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Mazkur holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, masʼul xodimlar tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.




