platina.uz
Jamiyat

Ayurveda —qadimgi hind tabobati Oʻzbekistonda

Ayurveda — Hindistonda ming yillar davomida shakllangan anʼanaviy tibbiyot sanaladi.  Ushbu yoʻnalishni yurtimizda rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi.

Ayurveda —qadimgi hind tabobati Oʻzbekistonda

Ayurveda — Hindistonda ming yillar davomida shakllangan anʼanaviy tibbiyot boʻlib, salomatlikni ovqatlanish, kun tartibi, jismoniy faollik va turmush tarzi bilan uygʻun holda taʼminlashga qaratilgan mashhur tabobat usulidir.

Yaqinda poytaxtimizda Hindistonda eʼlon qilingan Ayurveda kuni munosabati bilan ushbu yoʻnalishni yurtimizda rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi.

Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda 60 nafardan ortiq xalq tabobati mutaxassislari, shifokorlar, anʼanaviy tibbiyot xodimlari, sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari, Hindiston kompaniyalari hamda diasporasi vakillari qatnashdi. Uni Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim kirish soʻzi bilan ochdi.

Tadbirda Ayurvedaning zamonaviy tibbiyotdagi oʻrni, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va sogʻlom turmush tarzida qoʻllash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Konferensiyada gap faqat nazariya haqida emas, Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida anʼanaviy, qoʻshimcha va integrativ tibbiyot sohasida hamkorlikni kuchaytirish, Ayurvedani yanada keng targʻib qilish va sohani rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Konferensiyada Oʻzbekistonda sertifikatlangan Ayurveda mutaxassisi Doniyor Azimov, Ayurveda shifokorlari Jalil Abdullayev, Hindistondan Tanmay Gosvami va doktor Nixila Xirematlar maʼruzalar qilishdi.

Tadbir doirasida Ayurvedaga oid mahsulotlar va kitoblardan iborat maxsus koʻrgazma ham tashkil etildi.
Muhokamalar shuni koʻrsatdiki, yurtimizda Ayurvedaga qiziqish nafaqat sogʻlomlashtirish amaliyoti sifatida, balki ilmiy tadqiqot, professional tayyorgarlik va Oʻzbekiston–Hindiston hamkorligining yangi yoʻnalishi sifatida ham shakllanib bormoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid