platina.uz
Madaniyat

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qoʻngʻiroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

“Dars” bugungi oʻzbek kinosida yetishmayotgan oddiy, ammo muhim qadriyatlar haqida gapiradi. Unda tomoshabinni jalb qilish uchun sunʼiy mojarolar, turli fitna va qasoslarga urgʻu berilmaydi. 

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qoʻngʻiroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Kecha, 24 sentabr kuni Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “Dars” badiiy filmining premerasi boʻlib oʻtdi. Samimiy va hayotiy voqealar asosiga qurilgan kartina tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qoʻngʻiroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

“Dars” bugungi oʻzbek kinosida yetishmayotgan oddiy, ammo muhim qadriyatlar haqida gapiradi. Unda tomoshabinni jalb qilish uchun sunʼiy mojarolar, turli fitna va qasoslarga urgʻu berilmaydi. Aksincha, inson taqdirini oʻzgartira oladigan ustoz, kitob, tarbiya, mehr-oqibat va oilaviy qadriyatlar filmning asosiy kuchiga aylangan.

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qoʻngʻiroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Voqealar markazida — Oyqiz. Uning orzulari, xatolari va hayotiy sinovlari orqali shoshqaloq va xayolparast qizdan mustaqil fikrlaydigan, masʼuliyatli va yetuk insonga aylanish jarayoni koʻrsatiladi. Hanifa xola obrazi esa baʼzan insonning butun hayotini oʻzgartirish uchun bitta yaxshi ustozning oʻzi kifoya ekanini eslatadi.

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qoʻngʻiroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!
Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qoʻngʻiroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Ayniqsa, 1 oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida filmning katta ekranlarga chiqishi oʻziga xos maʼno kasb etadi. “Dars” — farzand bilan birga koʻrish, keyin esa u bilan ustoz, kitob va hayotdagi maqsad haqida gaplashish mumkin boʻlgan oilaviy film.

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qoʻngʻiroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Bugun, 25 sentabrdan “Dars” filmi yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi. Ustoz qadri, kitob va insoniylik haqidagi samimiy hikoyani endi katta ekranlarda tomosha qilish mumkin.

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qoʻngʻiroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Ushbu film Kontent markazi va MA’NO CINEMA tomonidan suratga olingan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid