Turkiya madaniyat vaziri Islom sivilizatsiyasi markaziga "Kulliyoti Navoiy" asari nusxasini taqdim etdi
"Kulliyoti Navoiy" Alisher Navoiyning turli janrdagi asarlari jamlangan nodir qoʻlyozma toʻplamdir. Kulliyot tarkibida shoirning 26 ta asari jamlangan boʻlib, uning asl nusxasi Istanbul shahridagi Toʻpqopi saroyi kutubxonasida saqlanadi.

Turkiya madaniyat vaziri Islom sivilizatsiyasi markaziga "Kulliyoti Navoiy" asari nusxasini taqdim etdi.
Toshkent shahrida "Oʻzbekiston–Turkiya madaniyat va sanʼat uchrashuvlari — Turk kino kunlari" madaniy tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida kuni kecha Oʻzbekiston va Turkiya madaniyat vazirlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga "Kulliyoti Navoiy" asarining nusxasi (faksimile nashri) taqdim etildi.
Maʼlumot oʻrnida, "Kulliyoti Navoiy" Alisher Navoiyning turli janrdagi asarlari jamlangan nodir qoʻlyozma toʻplamdir. Kulliyot tarkibida Alisher Navoiyning 26 ta asari jamlangan boʻlib, uning asl nusxasi Istanbul shahridagi Toʻpqopi saroyi kutubxonasida saqlanadi. Mazkur taqdimot Alisher Navoiyning boy adabiy merosini asrab-avaylash, oʻrganish va keng targʻib etish, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi tarixiy-madaniy mushtaraklikni yanada mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.




