platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida salkam 95 kg gashish giyohvandlik vositasi aniqlandi

Bu miqdordagi giyohvandlik vositasi qora bozorga chiqarilganida, yuz minglab insonlar hayoti va taqdiriga jiddiy xavf solishi mumkin edi. Hisob-kitoblarga koʻra, mazkur giyohvandlik vositalarining qora bozordagi qiymati oxirgi isteʼmolchiga yetib borguniga qadar 10 million AQSh dollaridan oshishi mumkin edi.

Toshkent viloyatida salkam 95 kg gashish giyohvandlik vositasi aniqlandi

Toshkent viloyatida bojxonachilar salkam 95 kilogramm gashish giyohvandlik vositasini noqonuniy muomaladan oldi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qibray tumanidagi dala maydonidagi daraxtlar orasiga 4 dona xoʻjalik qopi yashirib ketilgani aniqlangan. Qoplar ichida 109 dona oʻram boʻlib, oʻramlardagi modda Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga koʻra, salkam 95 kilogramm gashish giyohvandlik vositasi ekani tasdiqlandi.

Toshkent viloyatida salkam 95 kg gashish giyohvandlik vositasi aniqlandi

Giyohvandlik vositalarini olib ketishga keladigan shaxslarni aniqlash maqsadida ushbu hudud bir necha kun davomida uzluksiz kuzatuv ostiga olindi. Oradan 8 kun oʻtib, narkotik moddalarni olib ketish uchun kelgan ikki nafar fuqaro ham tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan Bojxona qoʻmitasining Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov organiga yuborildi. Tergov harakatlari davomida esa bu moddalarni yashirib ketilgan joydan olib ketish haqida topshiriq bergan shaxs ham aniqlanib, ushlandi. U muqaddam benzin kontrabandasi bilan shugʻullangani bois jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Toshkent viloyatida salkam 95 kg gashish giyohvandlik vositasi aniqlandi

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 95 kilo gashish salkam 700 mingta doza degani. Yaʼni bu miqdordagi giyohvandlik vositasi qora bozorga chiqarilganida, yuz minglab insonlar hayoti va taqdiriga jiddiy xavf solishi mumkin edi. Hisob-kitoblarga koʻra, mazkur giyohvandlik vositalarining qora bozordagi qiymati oxirgi isteʼmolchiga yetib borguniga qadar 10 million AQSh dollaridan oshishi mumkin edi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid