Toshkent viloyatida prokuror yordamchisi pora bilan ushlandi
Oqqoʻrgʻon tumani prokurori yordamchisi fuqaroning mashina oldi-sotdisi bilan bogʻliq masalasini hal qilish va bankdan 600 mln soʻm miqdorida imtiyozli kredit olishda yordam berishini aytgan. U “xizmati” uchun 12 000 dollar soʻragan.

Tuman prokurori yordamchisining noqonuniy harakati fosh etildi. DXXning xabar berishicha, qonun himoyachisi mavqeyidan foydalangan holda, fuqaroning mashina oldi-sotdisi bilan bogʻliq masalasini hal qilib berish hamda bankdan 600 mln soʻm miqdorida imtiyozli kredit olishida koʻmaklashish evaziga jami 12 ming AQSh dollari talab qilgan. Shundan 4700 AQSh dollarini olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mansabdor muqaddam fuqarodan 1300 AQSh dollari olgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatish chorasi koʻrilmoqda.




