platina.uz
Sport

Suhrob Xoʻjayev Osiyo oʻyinlari chempioni: Oʻzbekistonning oltinlari 7 taga yetdi

Hozirda beshinchi oʻrinda borayotgan jamoada 15 ta kumush va 9 ta bronza ham bor. Endi toʻrtinchi oʻrindagi Qozogʻiston bilan orani bitta oltin ajratib turibdi.

Suhrob Xoʻjayev Osiyo oʻyinlari chempioni: Oʻzbekistonning oltinlari 7 taga yetdi

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi aʼzosi Suhrob Xoʻjayev Osiyo oʻyinlari chempionligiga erishdi.

Bosqon uloqtirish bahslarida ishtirok etgan ushbu sportchi 74.38 metr natija bilan oltin medalga ega chiqdi.

Qayd etish kerakki, Xoʻjayev bu natijaga uchinchi urinishda erishdi. Bungacha u 2 marta – 2018 yil Jakartada oʻtkazilgan turnirda hamda 2023 yil Hangchjou mezbonligidagi Osiyo oʻyinlarida bronza medal bilan kifoyalangandi.

Kun davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari 3 ta kumush va bitta bronza medal ham qoʻlga kiritgandi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston oʻz hisobidagi oltin medallar sonini 7 taga yetkazdi (15 ta kumush va 9 ta bronza) va umumiy reytingdagi beshinchi oʻrinni mustahkamladi. Endi toʻrtinchi oʻrindagi Qozogʻiston bilan orani bitta oltin ajratib turibdi.

Suhrob Xoʻjayev Osiyo oʻyinlari chempioni: Oʻzbekistonning oltinlari 7 taga yetdi
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid