Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv oʻtkazdi
Muloqot davomida Oʻzbekistonning ushbu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni qanday ketayotgani hamda oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.

Muloqot davomida Oʻzbekistonning ushbu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni qanday ketayotgani hamda oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi.

"Bizni doimiy qoʻllab-quvvatlab, ekspertlik koʻmagini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman.

Bu yoʻlning katta qismini bosib oʻtdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim", — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.




