Oʻzbekistonda 2050 yilgacha moʻljallangan demografik strategiya ishlab chiqiladi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) bilan demografik barqarorlik masalalariga bagʻishlangan tadbir oʻtkazdi.

Oʻzbekiston 2050 yilgacha moʻljallangan demografik strategiya ishlab chiqadi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) bilan demografik barqarorlik masalalariga bagʻishlangan tadbir oʻtkazdi.

Unda Oʻzbekistonning asosiy kapitali — yosh avlod ekani, kelajakda demografik imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar salomatligi, taʼlimi va xavfsizligiga sarmoya kiritish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, mamlakatda demografik prognozlash tizimi yoʻlga qoʻyilib, "Demografik dividend – 2050" strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
"Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki ular qanday imkoniyatlarga ega boʻlishi bilan belgilanadi", — dedi Saida Mirziyoyeva.





