platina.uz
Jahon

"Fojiaga sababchi boʻlgan barcha mansabdorlar qonun oldida javob beradi" — Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari

Kaspiydagi mashqlarda jami 14 harbiy choʻkib halok boʻldi. ​25 sentabr Qozogʻistonda milliy motam kuni deb eʼlon qilingandi. 

"Fojiaga sababchi boʻlgan barcha mansabdorlar qonun oldida javob beradi" — Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari

Qozogʻistonda harbiy xizmatchilarning oʻlimi ortidan, ogʻir oqibatlarga olib kelgan beparvolik va navigatsiya qoidalarini buzish boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Sanjar Adilov hukumat komissiyasi yigʻilishida maʼlumot berdi.

​"Qozogʻiston Jinoyat kodeksining 453-moddasi 2-qismi ("Ogʻir oqibatlarga olib kelgan beparvolik") va 465-moddasi ("Navigatsiya qoidalarini buzish") boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi", deyiladi bayonotda.

​Bosh vazir oʻrinbosari Qanat Bozumbayev hodisaning barcha holatlarini imkon qadar tezroq aniqlash va aybdorlarga nisbatan choralar koʻrishni buyurdi. Tergov oʻtkazish uchun idoralararo tergov guruhi tuzildi. Bu fojiaga sababchi boʻlgan barcha mansabdorlar qonun oldida javob berishi maʼlum qqilingan.

​Fojia 24 sentabr kuni Mangʻistov viloyatida sodir boʻlgan. Mamlakat Mudofaa vazirligining maʼlumotlariga koʻra, hodisa ob-havoning keskin yomonlashishi va shamolning kүchayishi natijasida 17 harbiy xizmatchi dengizda qolib ketgan.

​Keyinchalik Mangʻistov viloyati hokimiyati 17 kishi dengizda qolib ketganini, ulardan 14 nafari halok boʻlganini va uch nafari qutqarilganini xabar qildi. Qolgan odamlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

​Hodisa sodir boʻlgan kuni mintaqada boʻron haqida ogohlantirish eʼlon qilingan edi, sinoptiklar shamolning tezligi 20 m/s gacha yetishi mumkinligini bashorat qilishgan.

​25 sentabr Qozogʻistonda milliy motam kuni deb eʼlon qilindi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid