platina.uz
Jamiyat

Ekologik ekspertiza xulosasi uchun arizalar faqat YaIDXP orqali qabul qilinadi

2026 yil 11 maydagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali qabul qilish va xulosalarni elektron shaklda berish tartibi belgilangan.

Ekologik ekspertiza xulosasi uchun arizalar faqat YaIDXP orqali qabul qilinadi

Ekologik ekspertiza xulosasini olish uchun arizalar faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

2026 yil 24 sentabr soat 18:00 dan boshlab davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalar faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, 2026 yil 11 maydagi 234-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali qabul qilish va xulosalarni elektron shaklda berish tartibi belgilangan.

Mazkur tartibni joriy etish boʻyicha zarur texnik ishlar amalga oshirildi. YaIDXPda test rejimida arizalarni qabul qilish va ular boʻyicha xulosalarni elektron shaklda berish sinovdan oʻtkazildi. Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalar faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

Shu sanadan boshlagan holda eco-service.uz sayti orqali arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi.

Arizalarni belgilangan tartibda my.gov.uz portali orqali yuborishingiz soʻraladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid