AQSh davlat kotibi oktabrda Oʻzbekistonga keladi
Samarqandda Rubio Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakillari bilan tashqi ishlar vazirlarining C5+1 uchrashuvida ishtirok etadi.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio oktabr oyining oʻrtalarida Samarqandga keladigan 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari delegatsiyasiga boshchilik qiladi.
Bu haqda 24 sentabr kuni AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus elchisi Serjio Gor Hindistondagi AQSh diplomatik vakolatxonasi veb-saytidagi postida eʼlon qildi.
Diplomatning soʻzlariga koʻra, tashrif AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, ikki tomonlama diplomatik, savdo va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Samarqandda Rubio Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakillari bilan tashqi ishlar vazirlarining C5+1 uchrashuvida ishtirok etadi.
Tomonlar mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, energiya xavfsizligini mustahkamlash va C5+1 formatida umumiy mintaqaviy muammolarni hal qilishda qoʻshma yondashuvlarni muhokama qilishni rejalashtirmoqdalar.
Tashrif davomida Rubio shuningdek, Oʻzbekiston rahbariyati va mintaqaviy mamlakatlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Asosiy mavzular savdoni kengaytirish, xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish va Markaziy Osiyoda iqtisodiy modernizatsiyani qoʻllab-quvvatlash boʻladi.
Amerika missiyasi Davlat departamenti rahbarining boʻlajak tashrifini 100 dan ortiq Amerika kompaniyalarini oʻz ichiga oladigan biznes delegatsiyasining kattaligi tufayli "tarixiy" deb atadi.




