platina.uz
Jamiyat

Sentabrda avtobus yoʻlkirasini toʻlamagan 14 ming kishi jarimaga tortildi

​Ushbu koʻrsatkich avgust oyiga nisbatan 8 494 taga yoki 153 foizga koʻp. 22 kunda poytaxt avtobuslarida 27,8 mln nafardan ortiq yoʻlovchi tashilgan. 

Sentabrda avtobus yoʻlkirasini toʻlamagan 14 ming kishi jarimaga tortildi

Joriy oy Toshkentda avtobuslarda yoʻl haqini toʻlamagan 14 mingdan ortiq yoʻlovchi jarimaga tortildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

​Ushbu koʻrsatkich avgust oyiga nisbatan 8 494 taga yoki 153 foizga koʻp. 22 kunda poytaxt avtobuslarida 27,8 mln nafardan ortiq yoʻlovchi tashilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 3 iyundagi 276-son qaroriga muvofiq, 1 sentabrdan boshlab yoʻlovchilar avtobusga chiqish vaqtida yoʻl haqini toʻlashi qatʼiy belgilangan.

​Mazkur talabning ijrosini taʼminlash, yoʻlovchilar oʻrtasida toʻlov madaniyatini oshirish hamda jamoat transportidan foydalanishda belgilangan tartibga rioya etilishini taʼminlash maqsadida nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

​Xususan, “Toshkent shahar yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan poytaxt jamoat transportida yoʻlovchilarning yoʻl haqini oʻz vaqtida toʻlashi yuzasidan tushuntirish va nazorat ishlari olib borilmoqda.

​2026 yil 1–22 sentabr kunlari:

​14 051 nafar yoʻlovchiga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu koʻrsatkich avgust oyiga nisbatan 8 494 nafarga (+153%) koʻp. Avtobuslarda 27 865 278 nafar yoʻlovchi tashilgan.

Yoʻlovchilar oqimi 2025 yilning shu davriga nisbatan 3 612 787 nafarga (+15%), avgust oyiga nisbatan esa 7 030 564 nafarga (+34%) oshgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid