platina.uz
Jamiyat

Saudiya Arabistonidagi oʻzbekistonliklar ogohlantirilayotgani boʻyicha xabarlar tarqaldi

Platina.uz mazkur masalada TIV matbuot xizmati rahbari Omonulla Fayziyev bilan bogʻlandi. 

Saudiya Arabistonidagi oʻzbekistonliklar ogohlantirilayotgani boʻyicha xabarlar tarqaldi

Tarmoqlarda Saudiya Arabistonidagi oʻzbekistonliklar ogohlantirilayotgani boʻyicha xabarlar tarqaldi.

Aytilishicha, qirollik hududida ziyoratda boʻlib turgan fuqarolarga ogohlantirish xabarlari yuborilgan. Xabarda favqulodda holat yuz berganda 911 ga qoʻngʻiroq qilish yoki Tawakkalna ilovasidagi shubhali havo faoliyati haqida xabar berish xizmati orqali murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Platina.uz mazkur masalada TIV matbuot xizmati rahbari Omonulla Fayziyev bilan bogʻlandi.

Omonulla Fayziyevga koʻra, bu odatiy tarzdagi aholini ogohlantirish tadbirlari sanaladi va xavotirlarga hojat yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va Yamandagi husiylar harakati oʻrtasida vaziyat keskinlashdi. Hatto husiylar Makka shahriga dron uchirgani maʼlum qilindi. Ammo harakat mazkur maʼlumotni inkor qilib chiqdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid