platina.uz
Jamiyat

Qirgʻiziston bilan chegaradagi “Keskanyor” posti ochiladi

Ushbu nuqta “Doʻstlik” postiga nisbatan ikki barobar katta sanaladi. Prezident uch oyda uning loyihasini ishlab chiqib, qurilishni boshlash vazifasi qoʻyildi. Bu yuk tashish hajmini 2-3 karra oshirish va muddatini bir haftaga qisqartirishga xizmat qiladi.

Qirgʻiziston bilan chegaradagi  “Keskanyor” posti ochiladi

Andijonning transport va logistika imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha yirik loyihalar belgilandi.

“Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli hisobiga yuk tashish hajmini 10 karra oshirib, yiliga 15 million tonnaga yetkazish imkoni paydo boʻladi.

Shu munosabat bilan yil yakunigacha Qoʻrgʻontepa va Xonoboddagi 300 gektar maydonda 600 million dollarlik logistika kompleksi loyihasini boshlash topshirildi.

Qirgʻiziston bilan “Doʻstlik” postiga nisbatan ikki barobar katta “Keskanyor” chegara postini ochish boʻyicha kelishuvga erishilgani qayd etildi. Uch oyda uning loyihasini ishlab chiqib, qurilishni boshlash vazifasi qoʻyildi. Bu yuk tashish hajmini 2-3 karra oshirish va muddatini bir haftaga qisqartirishga xizmat qiladi.

Yangi transport oqimiga mos ravishda 78 kilometrli “Xonobod – Andijon” pulli avtomobil yoʻlini loyihalashga kirishiladi.

Shu oydan “Toshkent – Andijon” tezyurar poyezdi yoʻlga qoʻyilib, safar vaqti 6 soatdan 4 soatga qisqardi. Kelgusi yil “Toshkent – Andijon” pulli avtomobil yoʻlini qurish boʻyicha amaliy ishlar boshlanadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid