platina.uz
Iqtisod

Prezident: yilning birinchi yarmida Andijon iqtisodiyoti 8,8 foizga oʻsdi

Soʻnggi oʻn yilda viloyatga respublika byudjetidan 20 trillion soʻm, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion soʻm ajratildi. Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Prezident: yilning birinchi yarmida Andijon iqtisodiyoti 8,8 foizga oʻsdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga oʻsgani qayd etildi.

– Bizga oʻsishdagi raqamlar emas, balki har bir koʻrsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday oʻzgarish olib kirgani muhim,– dedi davlatimiz rahbari.

Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan boʻlsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, koʻp sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.

Soʻnggi oʻn yilda viloyatga respublika byudjetidan 20 trillion soʻm, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion soʻm ajratildi.

Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Yigʻilishda investitsiyalarning hajmi bilan birga sifati, tarkibi va iqtisodiyotga beradigan samarasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Yaqinda sanoat va tadbirkorlik uchun ajratilgan 1 ming gektar maydon Andijonda 7 milliard dollar investitsiya va kamida 70 ming yuqori daromadli ish oʻrniga aylanishi kerakligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, joriy yilga rejalashtirilgan 3,5 milliard dollar investitsiyaning mamlakatlar va tarmoqlar boʻyicha tarkibi yetarlicha diversifikatsiya qilinmagani qayd etildi.

Axborot texnologiyalari xizmatlari eksporti va malakali kadrlar mavjud boʻlsa-da, sohaning texnologik bazasini mustahkamlashga investitsiyalar yetarli yoʻnaltirilmayapti.

Davlatimiz rahbari sarmoyalarni yuqori qoʻshilgan qiymat, zamonaviy texnologiya va barqaror ish oʻrinlari yaratadigan yoʻnalishlarga jalb qilish zarurligini taʼkidladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid