platina.uz
Sport

Osiyo oʻyinlari: Oʻzbekiston hozirgacha 6 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sharifa Davronova ikkinchi bor Osiyo oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻtkirbek Joʻrayev ham eng yaxshi natijani qayd etdi. 

Osiyo oʻyinlari: Oʻzbekiston hozirgacha 6 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sharifa Davronova ikkinchi bor Osiyo oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. Uch hatlab sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 14.35 metr natija bilan oltin medalga ega chiqdi.

Yaponiya mezbonligida oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun sermahsul oʻtmoqda.

Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi aʼzosi Oʻtkirbek Joʻrayev ham delegatsiyaga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. Dastakli ot mashqida ishtirok etgan ushbu sportchi 14.733 ball bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Bu delegatsiya uchun kun davomida qoʻlga kiritilgan toʻrtinchi, turnir boshidan buyon beshinchi oltin medalga aylandi.

Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi aʼzosi, 2023 yilgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻlgan Zaynab Dayibekova esa kumush medal bilan kifoyalandi.

U oʻz ishtiroki davomida guruh bosqichida Qozogʻiston, Tojikiston, Eron, Tailand, Hindiston va Janubiy Koreya vakillarini magʻlub etdi, nimchorak finalda yana eronlik Najmia Sazanjiyonga qarshi kurash olib bordi va yana osonlik bilan gʻalaba qozondi (15:2), chorakfinalda esa oʻz jamoadoshi Gulistan Perdebayevadan ustun keldi (15:14), yarimfinalda xitoylik Pan Ximiaoga imkoniyat qoldirmadi (15:8), ammo final bahsida ikki karra jahon chempioni, yaponiyalik Misaki Emuraga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi kun davomida hozircha 16 ta medal oldi: 5 ta oltin, 8 ta kumush va 3 ta bronza.

Jami medallar soni: 6 ta oltin, 12 ta kumush va 8 ta bronza.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid