platina.uz
Iqtisod

Gaz va elektr taʼminotida bosqichma-bosqich erkin bozor tizimiga oʻtiladi

Energetika vazirligining soha korxonalariga alohida ruxsatnomalar berib, ishga aralashish tartibi bekor qilinadi. 

Gaz va elektr taʼminotida bosqichma-bosqich erkin bozor tizimiga oʻtiladi

Oʻzbekiston gaz va elektr taʼminotida bosqichma-bosqich erkin bozor tizimiga oʻtadi.

“Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–202-son, 22.09.2026 y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, Energetika vazirligining soha korxonalariga alohida ruxsatnomalar berib, ishga aralashish tartibi bekor qilinadi.

Maxsus agentlik endi elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotiga ham erkin bozor qoidalarini olib kiradi.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga (Inspeksiya) qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish, xavflarni erta aniqlashga qaratilgan preventiv nazorat modeliga asoslangan vazifalar yuklatiladi.

Yoqilgʻi-energetika tarmogʻi korxonalari tegishliligi boʻyicha yoqilgʻi-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, uzatish, taqsimlash, yetkazib berish va sotish boʻyicha xoʻjalik (tijorat) faoliyatini amalga oshirish vazifasini bajaradi.

2027 yil 1 iyuldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi faoliyatining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini taʼminlash maqsadida Yoqilgʻi-energetika sohasida idoralararo tarif komissiyasining yagona raqamli platformasi (Raqamli platforma) joriy etiladi. Tarif hisob-kitoblari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tariflarni shakllantirish tartibi asosida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid