Ayrim korxonalarda ishchilar farzandining kontrakti toʻlab beriladi
Kamida ming nafar ishchisi boʻlgan korxonalarning xodimlarni oʻqitish, malakasini oshirish hamda ish joyiga olib kelish va olib ketishdagi transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Ish oʻrinlari soni mingga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi.

Prezident oʻtkazgan yigʻilishda koʻp ish oʻrni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi ragʻbatlantirish choralari belgilandi.
Kamida 1 ming nafar ishchisi boʻlgan korxonalarning xodimlarni oʻqitish, malakasini oshirish hamda ish joyiga olib kelish va olib ketishdagi transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Bunday korxonalarda kamida besh yil ishlagan xodimlarga farzandlarining kontrakt toʻlovi qoplab beriladi.
Ish oʻrinlari soni 1 mingga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi. Ayni yoʻnalishda Andijonning oʻziga 20 million dollar beriladi.
Mutasaddilarga bir oyda koʻp ish oʻrni yaratadigan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.




