platina.uz
Iqtisod

Asaka, Shahrixon, Qoʻrgʻontepa markazlari va Xonobod shahri yuqori daromadli biznes markazlariga aylantiriladi

Andijondagi davlat tashkilotlarini Bobur shahriga koʻchirish hisobiga boʻshaydigan bino va maydonlar savdo hamda xizmatlar sohasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. 30 ta maʼmuriy binoni koʻchirish orqali biznes uchun 70 ming kvadrat metr joy boʻshaydi. Buning hisobiga qoʻshimcha 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilish va kamida 20 ming ish oʻrni yaratish imkoniyati bor.

Asaka, Shahrixon, Qoʻrgʻontepa markazlari va Xonobod shahri yuqori daromadli biznes markazlariga aylantiriladi

Andijonni Fargʻona vodiysining muhandislik kadrlari markaziga aylantirish vazifasi qoʻyildi.

Viloyatdagi 12 ta oliygohda 95 ming talaba, 59 ta texnikumda 60 ming yosh tahsil olmoqda. Bu salohiyatni ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash zarurligi taʼkidlandi.

“Ipak yoʻli” sanoat zonasida investor texnikum ochib, oʻquvchilarga taʼlim bilan birga stipendiya va ish berayotgani ijobiy tajriba sifatida qayd etildi.

Oliygoh va texnikumlarning amaliy kafedralarini 46 ta sanoat zonasi va 56 ta yirik korxona hududiga koʻchirish, yengil konstruksiyali oʻquv xonalarini tashkil etib, yil yakunigacha dual taʼlimni kamida 80 foizga yetkazish topshirildi.

Qarib 7,5 milliard dollarlik yangi loyihalar energetika, gidrotexnika, elektronika, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va logistika boʻyicha muhandislarga talabni oshiradi.

Shu bois, Andijon texnika instituti transformatsiya qilinadi. Xorijlik menedjer va professor-oʻqituvchilar jalb qilinib, taʼlim dasturlari va yoʻnalishlari yangilanadi.

Institutda alohida dizaynerlik fakulteti ochilib, dual taʼlim asosida sanoat korxonalariga biriktiriladi. Buning uchun 25 milliard soʻm ajratiladi.

Aholi daromadlari bilan birga zamonaviy xizmatlarga talab ham ortib borayotgani qayd etildi.

Andijondagi davlat tashkilotlarini Bobur shahriga koʻchirish hisobiga boʻshaydigan bino va maydonlar savdo hamda xizmatlar sohasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

30 ta maʼmuriy binoni koʻchirish orqali biznes uchun 13 gektar yer va 70 ming kvadrat metr joy boʻshaydi. Buning hisobiga qoʻshimcha 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish va kamida 20 ming ish oʻrni yaratish imkoniyati bor.

Asaka, Shahrixon, Qoʻrgʻontepa markazlari va Xonobod shahrini ham yuqori daromadli biznes hududlariga aylantirish vazifasi qoʻyildi. Ularning bosh rejalari savdo va xizmatlarda kamida 20 ming ish oʻrni yaratadigan loyihalarga moslashtiriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid