platina.uz
Iqtisod

Andijonda “Asaka muhandislik vodiysi” tashkil etiladi

Prezident elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlari zanjirini yoʻlga qoʻyish muhimligini taʼkidladi. Kelgusi yil viloyatda kamida 10 foiz iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Andijonda “Asaka muhandislik vodiysi” tashkil etiladi

Asakada avtomobilsozlik va mashinasozlik boʻyicha shakllangan 30 yillik tajriba asosida oʻz texnologiyalarini yaratishga oʻtish vazifasi qoʻyildi.

Shu maqsadda “Asaka muhandislik vodiysi”ni tashkil etib, dasturiy mahsulotlar, elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlari zanjirini yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi.

Viloyatda muhandislik, energetika, sanoat va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida 10 ming talaba tahsil olmoqda. Ularning gʻoyalarini tayyor mahsulotga aylantiradigan tadqiqot va ishlanmalar markazlarini rivojlantirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Toʻqimachilikda ham mavjud quvvatlardan yuqori samara bilan foydalanish imkoniyatlari bor. Yevropadan dizayner, konstruktor va brendlarni jalb qilib, qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga oʻtish orqali soha eksportini 1,5 milliard dollardan oshirish mumkinligi qayd etildi.

Endi viloyatda investitsiya natijadorligi har bir kvadrat metr maydonda yaratilgan qoʻshilgan qiymat bilan baholanishi belgilandi.

Qoraqalpogʻiston tajribasi asosida qolgan 13 ta hudud uchun ham loyihalar menejeri lavozimlari joriy etilishi belgilandi.

Andijondagi loyihalar menejeri viloyatning yangi investitsiya modelini yaratishga masʼul boʻladi.

Bu jarayonda har bir tumanning sanoat, xizmatlar va qishloq xoʻjaligi imkoniyatlari sunʼiy intellekt yordamida baholanadi. Yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish imkoni boʻlgan sohalar aniqlanib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish rejasi ishlab chiqiladi.

Aylanmasi 100 milliard soʻmdan yuqori 104 ta korxona faoliyatini kengaytirish orqali qoʻshimcha 20-30 ming ish oʻrni yaratish boʻyicha loyihalar tayyorlanadi. Aylanmasi 1 trillion soʻmdan oshgan 4 ta korxonada texnologik modernizatsiya hisobiga qoʻshilgan qiymatni 40-50 foizga koʻpaytirish choralari koʻriladi.

Kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid