platina.uz
Jamiyat

60 mlrd soʻmlik qurilish ishlarini olib bermoqchi boʻlganlar ushlandi

Zangiotada 3 nafar shaxs Ichki ishlar vazirligiga qarashli bogʻchalardagi qurilish va taʼmirlash ishlarini olib berish evaziga MChJ rahbaridan 100 000 dollar talab qilgan. Ular bu ishni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali hal qilmoqchi boʻlgan. 

60 mlrd soʻmlik qurilish ishlarini olib bermoqchi boʻlganlar ushlandi

Zangiota tumanida firibgarlik fosh etildi.

Prokuratura departamentiga koʻra, 3 nafar shaxs oʻzaro til biriktirib “S.C.” MChJ rahbari M.N.ga yuqori lavozimdagi tanishlari orqali IIVga qarashli 4 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi 60 mlrd soʻmlik rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib berishni vaʼda qilgan.

Ular “xizmat” uchun 100 000 AQSh dollari soʻragan. Shundan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid