platina.uz
Iqtisod

Yiliga 20,6 ming tonna parranda goʻshti yetishtirish imkoniyati mavjud: Prezident Baliqchidagi klasterda boʻldi

Mazkur parrandachilik klasteriga 2010 yilda asos solingan. Bugungi kunda uning Andijon viloyatida 5 ta, Namangan viloyatida 3 ta xoʻjaligi mavjud. Toshkent viloyatidagi korxonada esa parrandalar uchun ozuqa ishlab chiqariladi. Klasterda ozuqa tayyorlash, parranda boqish, soʻyish, goʻshtni qayta ishlash, qadoqlash va isteʼmolchiga yetkazib berishni qamrab olgan toʻliq ishlab chiqarish zanjiri yaratilgan. 

Yiliga 20,6 ming tonna parranda goʻshti yetishtirish imkoniyati mavjud: Prezident Baliqchidagi klasterda boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Baliqchi tumanidagi “Sokin savdo servis” parrandachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

Parranda goʻshti parhezbopligi va hamyonbopligi bilan aholi ratsionida muhim oʻrin tutadi. Shu bois, mamlakatimizda yirik parrandachilik majmualarini tashkil etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va bozorni sifatli mahsulotlar bilan barqaror taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mazkur parrandachilik klasteriga 2010 yilda asos solingan. Bugungi kunda uning Andijon viloyatida 5 ta, Namangan viloyatida 3 ta xoʻjaligi mavjud. Toshkent viloyatidagi korxonada esa parrandalar uchun ozuqa ishlab chiqariladi.

Yiliga 20,6 ming tonna parranda goʻshti yetishtirish imkoniyati mavjud: Prezident Baliqchidagi klasterda boʻldi

Klasterda ozuqa tayyorlash, parranda boqish, soʻyish, goʻshtni qayta ishlash, qadoqlash va isteʼmolchiga yetkazib berishni qamrab olgan toʻliq ishlab chiqarish zanjiri yaratilgan. Goʻshtni qayta ishlash majmuasi avtomatlashtirilgan boʻlib, yuqori gigiyenik talablarga javob beradi.

Loyihaning umumiy qiymati 29 million dollarni tashkil etadi. Klasterda 417 nafar kishi mehnat qilmoqda.

Ayni paytda majmuada 1,5 million dona broyler tovugʻi parvarishlanmoqda. Yiliga 8,2 million dona broyler boqish va 20,6 ming tonna parranda goʻshti yetishtirish imkoniyati mavjud.

Majmuada yiliga 55 ming tonna tovuq goʻshti va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlash quvvatlari yaratilgan. Mahsulotlar “Halol”, HACCP va ISO standartlari asosida ishlab chiqariladi.

Joriy yil boshidan klasterda naslchilik yoʻnalishi ham yoʻlga qoʻyildi. Hozirda 25 ming dona naslli ona tovuq parvarishlanib, yiliga 9 million dona tuxumdan 7,6 million dona broyler joʻja olish rejalashtirilgan.

2027 yil yakuniga qadar parranda chiqindilarini qayta ishlashga moʻljallangan rendering liniyasi ishga tushiriladi hamda parranda boqishda koʻp qavatli katak tizimi joriy etiladi. Ushbu ikki loyihaga 10 million dollar yoʻnaltiriladi.

Yiliga 20,6 ming tonna parranda goʻshti yetishtirish imkoniyati mavjud: Prezident Baliqchidagi klasterda boʻldi

Shuningdek, faoliyati toʻxtab qolgan yoki moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan parrandachilik xoʻjaliklarini klaster bilan yagona kooperatsiya tizimiga birlashtirish taklif etilmoqda. Ushbu tashabbus 350-400 ta ish oʻrnini qayta tiklash va qoʻshimcha 1,7 million dona parranda yetishtirish imkonini beradi.

Davlatimiz rahbariga klasterdagi ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar va istiqbolda amalga oshiriladigan yangi loyihalar haqida axborot berildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid