platina.uz
Jamiyat

Toshkent oʻzgarish tezligi boʻyicha Shenjen va Ar-Riyoddan keyin 3-oʻrinni egalladi

Oxford Economics tahliliga koʻra, Toshkent 2026 yilda 1 000 ta yirik shahar orasida 343-oʻrinni egalladi. Iqtisodiy toifada poytaxt bir yil ichida 558-oʻrindan 188-oʻringa koʻtarildi. 

Toshkent oʻzgarish tezligi boʻyicha Shenjen va Ar-Riyoddan keyin 3-oʻrinni egalladi

​Toshkent shahar hokimligi maʼlumotlariga koʻra, poytaxt shahar inson kapitali boʻyicha dunyoda 108-oʻrinni egalladi. 2024 yilda shahar 136-oʻrinda, 2025 yilda esa 123-oʻrinda boʻlgan.

​Maʼlumotlarga koʻra, Boston Consulting Group (BCG) kompaniyasining 2025 yilda oʻtkazilgan va 2026 yil 21 mayda eʼlon qilingan “Built to Change: How Cities Compete for the Future” tadqiqotida Toshkent dunyoning 80 ta shahri orasida oʻzgarish tezligi boʻyicha faqatgina Shenchjen va Ar-Riyoddan keyin uchinchi oʻrinni egallagan. Shu bilan birga, iqtisodiy faollikdagi oʻzgarishlar tezligi boʻyicha poytaxt birinchi oʻrinni egalladi.

Toshkent oʻzgarish tezligi boʻyicha Shenjen va Ar-Riyoddan keyin 3-oʻrinni egalladi

​BCG tadqiqoti oʻz ichiga shaharlarning hozirgi holati, rivojlanish darajasi va aholi uchun sharoitlar kabi 200 dan ortiq koʻrsatkichlarni qamrab oladi. Mazkur tadqiqotda bu yil dunyo shaharlarining 24 mingdan nafar aholisi ishtirok etgan.

​“Raqamlar ortida har kuni poytaxt kelajagini yaratayotgan insonlar turibdi: oʻqituvchilar va shifokorlar, muhandislar va tadbirkorlar, shahar xizmatlari mutaxassislari, talabalar va yosh mutaxassislar. Toshkent ularning bilimi, tashabbuslari va mehnati evaziga kuchliroq boʻlib bormoqda. Aynan shuning uchun ham inson shaharni rivojlantirishga oid qarorlar markazida qolmoqda”, — deyiladi hokimlik rasmiy xabarida.

​Xabarga koʻra, xalqaro tahlilchilar Toshkentni "Cities to Watch" — rivojlanishini kuzatib borish lozim boʻlgan shaharlar roʻyxatiga kiritgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid