platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda ikki bor mast holda mashina boshqargan shaxsning ozodligi cheklandi

68 yoshli fuqaroga dastlab 10,3 mln soʻm jarima va 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlangan. Shunga qaramay u mazkur ishini yana takrorlagan. 

Surxondaryoda ikki bor mast holda mashina boshqargan shaxsning ozodligi cheklandi

Surxondaryoda ikki bor mast holda mashina boshqargan shaxsga jazo belgilandi. Platina.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Sherobod tumanida yashovchi, 68 yoshli otaxon 2026 yil 28 mart kuni mast holda mashina boshqargani bois, unga 10 mln 300 ming soʻm jarima va 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlangan. Shunga qaramasdan, S.D. 4 iyun kuni oʻzi yashaydigan mahallada yana shu ishni takrorlagan.

Hududda xizmat olib borayotgan YPX xodimi S.D. ni toʻxtatib, undan tegishli hujjatlar taqdim etishni soʻragan. Haydovchi esa “hujjatlar yoʻq” deb javob bergan. Inspektor spirtli ichimlik hidini sezib, S.D.ga alkotester orqali tekshiruvdan oʻtishni taklif qilgan, u esa xodimning talabini bajargan.

Sudlanuvchi aybiga toʻliq iqror boʻlib, suddan yengillik soʻradi. “Oʻz ixtiyorim bilan alkotestr moslamasi orqali tekshiruvdan oʻtdim, undan boʻyin tovlamadim, hozirda qilgan ishidan pushaymonman, nafaqada ekanligimni inobatga olib, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo berilishini iltimos qilaman”, - dedi u koʻrsatmasida.

JIB Termiz tuman sudining 2026 yil 4 sentabrdagi hukmi bilan 3 yil barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etgan holda, sudlanuvchiga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid