platina.uz
Sport

​Shaxmat olimpiadasi gʻoliblariga 200 ming dollargacha mukofot puli beriladi

Eng katta mukofot Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi gʻoliblariga beriladi. Bungacha mukofot miqdori 880 mln soʻm edi. 

​Shaxmat olimpiadasi gʻoliblariga 200 ming dollargacha mukofot puli beriladi

​Shaxmat olimpiadasi gʻoliblariga 200 ming dollar mukofot puli beriladi. ​Bu boʻyicha Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.

​Unga koʻra, nufuzli xalqaro musobaqalar gʻoliblariga beriladigan pul mukofotlari miqdori quyidagicha boʻladi:

​Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar):

-​oltin — 200 ming AQSh dollari (bungacha BHMning 2 ming baravari – 880 mln soʻm edi);

-kumush — 100 ming dollar (bungacha BHMning 1 ming baravari – 440 mln soʻm edi);

-bronza — 50 ming dollar (bungacha BHMning 500 baravari – 220 mln soʻm edi).

​Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoshlar):

-​oltin — 20 ming dollar;

-kumush — 10 ming dollar;

-bronza — 5 ming dollar.

​FIDE tasnifiga koʻra jahon miqyosidagi musobaqalar:

-​oltin – 15 ming dollar (bungacha BHMning 300 baravari – 132 mln soʻm edi);

-kumush – 7,5 ming dollar (bungacha BHMning 150 baravari – 66 mln soʻm edi);

-bronza – 3 ming 750 dollar (bungacha BHMning 75 baravari – 33 mln soʻm edi).

​FIDE tasnifiga koʻra Osiyo miqyosidagi musobaqalar:

-​oltin – 10 ming dollar (bungacha BHMning 70 baravari – 30 mln 800 ming soʻm edi);

-kumush – 5 ming dollar (bungacha BHMning 35 baravari – 15 mln 400 ming soʻm edi);

-bronza – 2,5 ming dollar (bungacha BHMning 17,5 baravari – 7 mln 700 ming soʻm edi).

​Xalqaro grossmeyster unvonini olganlarga — 5 ming dollar (bungacha BHMning 100 baravari – 44 mln soʻm edi).

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid