Samarqandda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari 1 mlrd soʻmdan oshiq pulni talon-toroj qildi
Ular salkam 91 ming dona suyuq sovunni qimmat narxlarda xarid qilib, byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirishib yuborgan.

Samarqand viloyatida 1,1 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxlarda xarid qilib, 1,1 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.




