Saida Mirziyoyeva oʻzbek yoshlari uchun Google eshiklarini ochib berdi
Har yili 25 nafar oʻzbekistonlik talaba Google ofislariga stajirovkaga yuboriladi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun Google vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashadi. Muloqot arafasida kompaniya bilan hamkorlik doirasida oʻzbek yoshlari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar maʼlum boʻldi.
Google bilan hamkorlikning yana bir muhim yoʻnalishi — kadrlar tayyorlash. Rejaga koʻra, har yili 25 nafar oʻzbekistonlik talaba Google ofislariga stajirovkaga yuboriladi. Shuningdek, «Yangi Oʻzbekiston» universiteti va Kiber universitetda Google sertifikatlash kurslarini yoʻlga qoʻyish hamda xakatonlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Bu tashabbus oʻzbek yoshlariga dunyoning eng yirik texnologik kompaniyalaridan birida bevosita tajriba orttirish va global IT muhitiga kirish imkonini beradi




