Endilikda hokimlar noqonuniy chiqargan normativ hujjati uchun sudda javob berishi mumkin
Amalda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjati bilan fuqaroning huquqi buzilgan taqdirda bunday hujjat ustidan maʼmuriy sudga shikoyat qilish imkoniyati mavjud emas. Endilikda bunday normativ-huquqiy hujjatlari ustidan bevosita sudga shikoyat qilish huquqini berish taklif etilmoqda.

Endilikda hokimlar noqonuniy chiqargan normativ hujjati uchun sudda javob beradi.
Hokimiyat qabul qilgan noqonuniy normativ-huquqiy hujjat oʻsha hududdagi koʻplab fuqarolarning huquqlarini buzishi mumkin. Endilikda fuqarolarga bunday hujjatlar ustidan bevosita sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 senyatbr kuni maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi.
Amalda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjati bilan fuqaroning huquqi buzilgan taqdirda bunday hujjat ustidan maʼmuriy sudga shikoyat qilish imkoniyati mavjud emas.
Endilikda fuqarolarga mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan bevosita sudga shikoyat qilish huquqini berish taklif etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasiga muvofiq, davlat organlari tomonidan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.
Shundan kelib chiqib, maʼmuriy sudlarning vakolatlarini kengaytirish, ularga fuqarolar va tadbirkorlarga taʼsir choralarini qoʻllashda davlat organlari diskretsion vakolatlardan qonuniy va asosli foydalanganini tekshirish vazifasini yuklash nazarda tutilmoqda.
Sud qarorlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlashga qaratilgan taʼsirchan choralar ham nazarda tutilmoqda. Unga koʻra, davlat organining mansabdor shaxsiga sud qarorini ijro etmagani uchun jarima qoʻllanilganidan keyin ham qaror takroran ijro etilmasa, sud qonuniy chora koʻrish uchun prokurorga xabar beradi.
Prezidentimiz taklif etilayotgan huquqiy institutlar inson huquqlari qoʻpol buzilgan hollarda ularni sud orqali samarali tiklash, Konstitutsiyada belgilangan mutanosiblik prinsipining amalda toʻlaqonli ishlashini taʼminlash, davlat idoralari masʼuliyatini oshirish hamda sud qarorlarining muqarrar ijrosiga xizmat qilishi kerakligini taʼkidlab, bildirilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatladi.




