platina.uz
Jamiyat

Andijonda tunu-kun ishlovchi gastronomik turizm koʻchasi ochildi

Prezident koʻcha boʻylab sayr davomida aholi va tadbirkorlar bilan samimiy muloqot qildi. 

Andijonda tunu-kun ishlovchi gastronomik turizm koʻchasi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Oʻrikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm koʻchasi bilan tanishdi.

Andijonda tunu-kun ishlovchi gastronomik turizm koʻchasi ochildi

Mashrab va Sarikuy koʻchalarini qamrab olgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 18 milliard soʻm boʻlib, shundan 8 milliard soʻmi respublika byudjeti, 10 milliard soʻmi tadbirkorlar mablagʻi hisobidan moliyalashtirildi.

Andijonda tunu-kun ishlovchi gastronomik turizm koʻchasi ochildi

Koʻchaning umumiy uzunligi 1,2 kilometrni tashkil etadi. Bu yerda piyodalar va velosipedlar uchun keng va xavfsiz yoʻlaklar barpo etildi, zamonaviy landshaft dizayni yaratildi, favvoralar va turli yoritish vositalari oʻrnatildi. Selfi hududlari, ochiq sport maydonchalari, bolalar uchun ekomaydonchalar hamda oilaviy dam olish maskanlari tashkil qilindi.

Andijonda tunu-kun ishlovchi gastronomik turizm koʻchasi ochildi

Hududdagi 35 ta savdo obʼektida 30 ta tadbirkorlik subʼekti 24/7 tartibda xizmat koʻrsatadi. Loyiha doirasida 100 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Koʻcha kuniga 10 mingdan ziyod aholi va sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Davlatimiz rahbari koʻcha boʻylab sayr davomida aholi va tadbirkorlar bilan samimiy muloqot qildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid