platina.uz
Iqtisod

Andijonda salkam 9,5 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi

Prezidentimiz ramziy tugmani bosib, 98 ta yangi loyihani ishga tushirdi. Loyihalar energetika, qurilish, toʻqimachilik, mashinasozlik, taʼlim, turizm, logistika, farmatsevtika va sogʻliqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi. 

Andijonda salkam 9,5 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish va ularning qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

Soʻnggi yillarda hududda tadbirkorlik va investitsiyalar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Andijonda salkam 9,5 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi

Marosimda umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollar boʻlgan 206 ta loyiha qamrab olindi. Shundan 2 milliard 50 million dollarlik 98 ta loyiha ishga tushirildi, 7 milliard 350 million dollarlik 108 ta loyihaning qurilishi boshlandi.

Andijonda salkam 9,5 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi

Ushbu loyihalar energetika, qurilish, toʻqimachilik, mashinasozlik, taʼlim, turizm, logistika, farmatsevtika va sogʻliqni saqlash kabi muhim sohalarni qamrab olgan. Ular viloyatning barcha 16 ta shahar va tumanida amalga oshiriladi.

Andijonda salkam 9,5 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi

Xususan, paxta-toʻqimachilik klasteri, elektr energiyasini saqlash va taqsimlash tizimi, mebelsozlik va charm-poyabzal sanoat zonalari, elektr avtobuslar, quyosh panellari va mikrogidroenergetika uskunalari ishlab chiqarish, shuningdek, zamonaviy taʼlim va tibbiyot markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Yangi loyihalar doirasida zamonaviy turar joy majmualari, xalqaro logistika va turizm markazlari, gidroelektr stansiyasi, chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonasi, transport vositalari va yuk vagonlari ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish koʻzda tutilgan.

Loyihalar Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, AQSh, Rossiya, Belarus, Germaniya, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Tojikiston kompaniyalari hamda mahalliy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ularning roʻyobga chiqarilishi natijasida 45 mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratiladi, yiliga 60,6 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish va 533 million dollarlik eksport imkoniyati shakllanadi.

Marosimda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan masʼullar, xorijlik hamkorlar va tashabbuskorlar videoaloqa orqali ishtirok etdi. Ular loyihalarning ahamiyati, amalga oshirish jarayoni va ishga tushirish muddatlari haqida axborot berdi.

Davlatimiz rahbari mazkur tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijlik hamkorlar va mahalliy tadbirkorlarga minnatdorlik bildirdi.

Andijonda salkam 9,5 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi

Prezidentimiz ramziy tugmani bosib, 98 ta yangi loyihani ishga tushirdi va 108 ta obʼekt qurilishiga start berdi. Shundan soʻng investorlar va hudud faollari bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid