Toshkent metrosida yoʻlovchilar soni boʻyicha yangi rekord oʻrnatildi
21 sentabr kuni Toshkent metrosidan 1 mln 182 ming nafar yoʻlovchi foydalandi. Bu metro tarixidagi bir kunlik yangi rekord boʻldi. Avvalgi rekord 14 sentabrda qayd etilgan boʻlib, oʻsha kuni metro 1 165 550 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan.

Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish boʻyicha navbatdagi rekord qayd etildi.
Metropoliten axborot xizmatiga koʻra, 21 sentabr kuni Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish boʻyicha navbatdagi rekord koʻrsatkich qayd etildi. Shu kuni metropoliten xizmatlaridan jami boʻlib 1 181 581 nafar yoʻlovchi foydalandi.
Taʼkidlash joiz, bundan avvalgi eng yuqori koʻrsatkich 2026 yil 14 sentabr kuni qayd etilgan boʻlib, oʻsha kuni metropoliten xizmatlaridan 1 165 550 nafar yoʻlovchi foydalangan. Yangi koʻrsatkich avvalgi rekorddan 16 031 nafarga koʻp.
Eng gavjum bekat Chilonzor bekati boʻlib qolmoqda. Bekatdan bir kunda 64 mingdan ziyod yoʻlovchi foydalandi. Keyingi oʻrinlarni Buyuk Ipak yoʻli va Beruniy bekatlari egalladi. Chinor va Olmazor bekatlari ham eng gavjum yoʻnalishlar qatoriga kirdi.
Oktabr oyida metropolitenda bir kunda tashiladigan yoʻlovchilar soni 1,2 million nafarga yetishi kutilmoqda.
Toshkent metropolitenida 1 200 000-yoʻlovchini alohida aniqlash hamda unga maxsus imtiyoz yoki sovgʻa taqdim etish tashabbusi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2026 yil davomida xarid qilinishi va Toshkent metropoliteniga yetkazib berilishi rejalashtirilgan 14 ta zamonaviy harakat tarkibining barchasi vagonlar parkiga olib kelindi.
