Tezkor tadbirlarda 2 kgga yaqin narkotikni saqlab kelgan jinoiy guruh aʼzolari ushlandi
IIV tezkor qidiruv departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan “Qoradori–2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazildi.

Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrining Sergeli va Yunusobod tumanlarida qariyb 2 kilogramm giyohvandlik vositalari noqonuniy tarqatilishining oldi olindi.
IIV tezkor qidiruv departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan “Qoradori–2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazildi.
Dastlab, 1961 va 1965 yillarda tugʻilgan aka-uka (muqaddam sudlangan) Bektemir tumani hududida yashirilgan 500 gr mefedron moddasini olayotganda ushlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Yunusobodda yashovchi 1992 yilda tugʻilgan fuqaro mashinasidan 500 gr, yashash xonadonidan 200 gr mefedron ashyoviy dalil sifatida olingan.
Guruhning yana bir zakladchik boʻlgan aʼzosi 50 ggr mefedron bilan, 2008 yilda tugʻilgan qiz esa 280 gr alfa FVP, 300 gr mefedron bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan JKning 273-moddasi 6-qismi, "a" bandi bilan ish ochildi.




