platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Suhbat davomida Oʻzbekiston – Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi hamda Turkmanistonda boʻlib oʻtadigan MDH sammitiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

22 sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga oʻzining samimiy salomini aytdi. Turkmaniston Prezidenti, oʻz navbatida, davlatimiz rahbariga Turkman xalqining milliy yetakchisi nomidan eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston – Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror oʻsib borayotgani, energetika, transport va boshqa muhim sohalarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

“Shovot – Toshhovuz” qoʻshma savdo zonasining samarali faoliyatini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, mintaqaviy kun tartibiga oid ayrim masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi hamda Turkmanistonda boʻlib oʻtadigan MDH sammitiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot yakunida mamlakatimiz yetakchisi birodar Turkmaniston Prezidenti va xalqini yaqin kunlarda nishonlanadigan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid