platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

 Unda oʻzaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Hozirda BMT ishtirokida Oʻzbekistonda 166 ta qoʻshma loyiha amalga oshirilmoqda. 

Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot oʻtkazdi.

​Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda oʻzaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

​Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab boʻlgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.

​Mamlakatimiz va BMT institutlari oʻrtasidagi munosabatlar bugun aniq koʻrsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qoʻshma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sogʻliqni saqlash, sifatli taʼlim, kambagʻallikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni taʼminlash kabi eng muhim yoʻnalishlarni qamrab olgan.

​Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti Oʻzbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha gʻoyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish boʻyicha qatʼiy intilishini namoyon etadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid